Jamiyat | 10:08 / 24.03.2017
43568
1 daqiqa o‘qiladi

Mashina boshqaruvida internetdan foydalangan qiz halok bo‘ldi

Rossiyaning Qozon shahrida Daewoo Matiz rusumli avtomobil boshqaruvida bo‘lgan 22 yashar qiz o‘z-o‘zini videotasvirga tushirdi va katta tezlikda qarama-qarshi tomondan kelayotgan avtobusga borib urildi. Bu haqda «Tatar-inform» xabar bermoqda

Avtomobil boshqaruvida bo‘lgan qiz ijtimoiy tarmoqlardan birida videotranlyatsiya olib borgan. Uning telefoni esa mashinaning panelida turgan. Qizning internet foydalanuvchilari bilan salomlashgani va so‘zlashuvi kamera orqali yozib olingan. Shundan so‘ng zarba va qichqiriq ovozlari eshitilgan va yozuv to‘xtab qolgan. Qiz YTH joyida halok bo‘lgan.

Tatariston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, avtobusdagi besh nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olishgan. Jarohatlanganlar orasida yetti yashar bola ham bor. Tez yordam brigadasi ularni shifoxonaga yetkazishgan.

Mavzuga oid