Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navbatdagi urinish. Dushanbega reys albatta bo‘ladi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 4 aprel kuni Toshkentdan Dushanbega birinchi reysni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniyadagi ishonchli manbaning «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, parvozlar haftada ikki marta, seshanba va shanba kunlarida, A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Seshanba kuni Toshkentdan samolyot tonggi soat 7:20da uchadi. Ayni vaqtda chiptalar sotuvga chiqqan.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaparvozlar 1992 yilda, Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanganida to‘xtagandi.
O‘tgan yilning oxirida tomonlar aviaparvozlarni tiklashi ma'lum bo‘ldi.
2017 yilning 10 fevral kuni Tojikiston poytaxti Dushanbedan uchgan samolyot Toshkentga kelib qo‘ndi. Bu 25 yil ichida Tojikistondan O‘zbekistonga kelgan birinchi samolyot bo‘ldi.
O‘tgan vaqt mobaynida bir necha marta parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishga kelishilgan, ammo bu kelishuvlar amalga oshmagandi.
Uzoq kutilgan «Dushanbe — Toshkent» reysi amalga oshmadi. Sabab?
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Dushanbe-Toshkent reysi kechiktirilayotganiga izoh berdi
Mavzuga oid
10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
20:42 / 18.01.2025
Farg‘onadan Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan reys kechiktirildi
09:40 / 18.01.2025
O‘zbekiston va Aqto‘be viloyati o‘rtasida muntazam reyslar tashkil etiladi
15:24 / 08.01.2025