Rossiyalik tartib posbonlari o‘zbekistonlik muhojirning pasportiga haqoratli so‘z yozishdi
Sankt-Peterburgning shimolida joylashgan Shushar posyolkasida ishlovchi o‘zbekistonlik bilan ko‘ngilsizlik yuz berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlarni tekshirishga kelgan huquq-tartibot xodimlari uning qo‘llarini qayirishadi va pasportiga haqoratli so‘z yozishadi. Endi u o‘z pasportini almashtirishga majbur bo‘lmoqda. Mazkur ishdan xabardor bo‘lgan deputatning ma'lum qilishicha, aybdorlar, albatta, jazolanishadi.
Voqea 14 mart kuni sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot xodimlari libosidagi kishilar Shushardagi mehnat muhojirlarining hujjatlarini tekshirishgan. Muhojirlarning barcha hujjatlari joyida, ular Rossiya hududida mutlaqo qonuniy ravishda ishlashayotgan bo‘lgan.
Ammo shunga qaramay huquq-tartibot xodimlari ularni turli mashqlar bajarishga majbur qilishgan, qo‘llarini qayirishgan va pul talab etishgan. Muhojirlar ularga pul berishni rad etgan. Shunda tekshiruvchilar muhojirlardan birining pasportini tortib olgan va unga haqoratli so‘z yozgan.
Mazkur voqeadan jabrlangan o‘zbekistonlik o‘zining sobiq rahbariga murojaat qilgan. U esa, o‘z navbatida, deputat Artem Galisinga bo‘lgan voqeani aytib bergan. Deputat esa bo‘lib o‘tgan ishlarni ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida batafsil yoritgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni damda mazkur voqea yuzasidan Tergov qo‘mitasi tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Mavzuga oid
01:16
AQSh raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
23:54 / 19.11.2024
Chexiya yuzlab maktablardagi portlash tahdidlarida rossiyalik josuslarni aybladi
22:07 / 19.11.2024
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58 / 19.11.2024