Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev may oyida Xitoyga boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi uyushtiradi. Bu haqda Toshkentda boshlangan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining beshinchi yig‘ilishi vaqtida ma'lum qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyevning ma'lum qilishicha, davlat rahbarining bo‘lajak tashrifi vaqtidagi muzokaralar yakunida transport, investitsiyalar, energetika, irrigatsiya, gidroenergetika va boshqa bir qator sohalar bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Ma'lumot uchun, Xitoy O‘zbekistonning yirik savdo hamkorlaridan hisoblanadi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,2 milliard dollardan oshgan. O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida 704 korxona faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston prezidenti ilk tashrifini 6-7 mart kunlari Turkmanistonga, 22-23 mart kunlari Qozog‘istonga amalga oshirdi. Uning navbatdagi safari aprel oyida Rossiyaga bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025