British Airways yo‘lovchilarni samolyotga pasportsiz o‘tkazadi
Britaniyaning British Airways aviakompaniyasi samolyotga chiqishdan avval yo‘lovchilardan pasport ko‘rsatilishini talab qilmaydi. Sayohatchilar shaxsini aniqlashda esa biometrik autentifikatsiya tizimidan foydalaniladi. Bu haqida The Daily Telegraph xabar berdi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, maxsus qurilmalar Londonning Hitrou aeroportidagi 5 terminalning uchta samolyotga chiqish hududiga o‘rnatilgan. Kelasi oylarda shunday qurilmalar yana 33 hududda ishlashni boshlaydi.
Yangilik avvaliga mahalliy reys yo‘lovchilari uchun joriy qilinadi. Keyinchalik esa xalqaro reyslar uchun ham amal qiladi.
Bunday tizim vaqtni tejab, xatolar qilmaslikni oldini olishga yordam beradi.
Mavzuga oid

12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda

17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi

17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi

18:21 / 13.08.2024