Buxoroda erkin sayyohlik zonasi yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "2017-2019 yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahrining turizm salohiyatini tezkorlik bilan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq mazkur hududda erkin sayyohlik zonasi (ESZ)ni yaratish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqida Norma.uz saytida xabar berildi.
"Boqiy Buxoro" erkin sayyohlik zonasida turli xizmat toifali mehmonxonalar, ko‘ngilochar va savdo inshootlari, shu jumladan 500 o‘ringa mo‘ljallangan amfiteatr, bouling-klublar, diskoteka, karaoke-barlar, kafe va restoranlar qurilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu inshootlar bu qadimiy zaminga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarga kunu tun xizmat ko‘rsatadi. Mehmonlar bu yerda milliy va dunyo taomlarini tatib ko‘rishlari, do‘konlardan suvenirlar va boshqa mahsulotlarni xarid qilishlari, ko‘ngilochar maskanlarda dam olishlari mumkin bo‘ladi.
Loyihada "Boqiy Buxoro" ESZ ishtirokchilari Prezidentning 2016 yil 26 oktabrdagi 4853-sonli PQda ko‘zda tutilgan barcha imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanishi qayd etilgan.
Shuningdek Buxoroning tarixiy qismida ("Shahriston" bozori hududida) hunarmandlar dahasi va yopiq bozor bunyod etiladi. Bu maskan 2 qavatli uylar, an'anaviy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy suvenir mahsulotlari, zardo‘zlik buyumlari, kitoblar, meva va sabzavotlar, shirinliklar va sayyohlar orasida talabgor boshqa tovarlar sotiladigan do‘konlardan iborat bo‘ladi.
Yuqorida qayd etilgan loyihalarni amalga oshirish ishlari taxminan joriy yilning 1 iyulidan boshlanadi va 2018 yilning mart oyidan loyihaning birinchi bosqichi ishga tushishi ta'minlanadi.
Mavzuga oid

12:33
«Bunda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi» - prezident chiptalar narxi haqida

10:12 / 01.05.2025
Buxoroda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Aeolus haydovchisi vafot etdi

22:40 / 28.04.2025
Buxoroda YPX inspektorini obro‘sizlantirishga uringan haydovchi 7 sutkaga qamaldi

16:31 / 28.04.2025