Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Osiyoning globallashuv jarayonidagi qoidasini tavsiya qildi
Jahon iqtisodiyoti bundan keyin ham globallashuv va erkin savdoni rivojlantirish yo‘lidan davom etadi. Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Chjan Gaoli Boao orolida bo‘lib o‘tgan Osiyo iqtisodiy forumida shunday fikrni ilgari surdi.
"Osiyoning taraqqiyoti dunyosiz amalga oshmaydi, dunyo farovonligiga esa Osiyosiz erishib bo‘lmaydi. Biz globallashuvdan ko‘p narsa oldik, shu bilan birga, ko‘p hissa qo‘shdiq", - degan u.
Gaolining so‘zlariga ko‘ra, Osiyo mamlakatlari iqtisodiy globallashuv va jahon savdosini birgalikda ilgari surish uchun harakatning 5 qoidasiga rioya qilishlari kerak.
- tinch taraqqiyot yo‘liga sodiq qolish;
- innovatsion taraqqiyot – jahon iqtisodiyoti o‘sishini harakatga soluvchi omildir;
- taraqqiyotning ochiqligi;
- yutuqlardan "birgalikda bahramand bo‘lish"ni taraqqiy ettirish;
- adolat va tenglik.
Uning xulosa qilishicha, "barcha mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligida jahon iqtisodiyotini taraqqiy topishida teng ishtirok etishi kerak. Aynan shu narsa uning o‘sishiga olib keladi".
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025