Jamiyat | 08:00 / 25.03.2017
11537
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik ayolning oshqozonida qo‘ziqorinlar o‘sib chiqdi

Xitoylik jarrohlar antiqa operatsiya o‘tkazishdi. Gap shundaki, ular 50 yoshli ayolning oshqozoni va ichagidan u yerda o‘sib chiqqan qo‘ziqorinlarni olib tashlashlariga to‘g‘ri kelgan.

Xitoylik ayol quritilgan qo‘ziqorinlarni iste'mol qilishni xush ko‘rgan. U qo‘ziqorinlarni talab qilingandek, termik ishlov bermasdan yoki qovurib olmasdan tanovul qilgan. Ayol qornida og‘riq sezgandan keyin shifokorlarga murojaat qilgan.

Shifokorlar ayolni tekshirishganda uning organizmida qo‘ziqorinlar koloniyasi o‘sib chiqqanini aniqlashgan. Qo‘ziqorinlarning uzunligi 7 sm gacha yetgan.

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Hozirda ayolning hayoti xavf ostida emas, deb xabar bermoqda The Sun nashri. 

Mavzuga oid