Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rosgvardiyaning Chechenistondagi qismiga jangarilar hujumi videosi paydo bo‘ldi
Internetda Rosgvardiyaning Chechenistondagi qismiga jangarilar hujumi videosi joylashtirildi. Qism hududidagi kuzatuv kameralaridan olingan kadrlarda bir necha kishi kamera qarshisidan yugurib o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Taxmin qilinishicha, bular hujumni amalga oshirgan jangarilar bo‘lgan. Kadrlardan birida qo‘lida avtomat bo‘lgan jangarilardan biri kamera yonidagi devordan yoki kuzatuv minorasidan tushib kelayotgani tasvirlangan.
Hujum 24 martga o‘tar kechasi sodir etilgan. Terrorchilar Chechenistonning Naur stanitsasidagi harbiy obektga bostirib kirishgan. Hujum oqibatida 6 nafar gvardiyachi halok bo‘lgan, 3 nafari yaralangan. Jang davomida bosqinchlar yo‘q qilingan.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi
18:15 / 06.05.2025
Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi
19:41 / 23.04.2025
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egalladi
08:29 / 09.04.2025