Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharjadagi kuchli yomg‘ir uch yigitning bevaqt hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi
Juma kuni Xorfakkan (BAA)da yog‘gan kuchli yomg‘ir natijasida sodir bo‘lgan dahshatli YTH uch amirlik yigitni bevaqt hayotdan olib ketdi. Bu haqida Sharja politsiyasi xabariga asoslanib, GulfNews ma'lum qildi.
Sharjalik uch yigit - ulardan ikki nafari egizaklar - mashinada ketayotib, Xorfakkandagi Al-Haray ko‘chasida chiroq ustuniga borib urilgan.
YTH qurbonlari taxminan 15-20 yosh atrofida bo‘lgan.
Mahalliy vaqt bilan tonggi 10:30 da Sharja politsiyasiga avtohalokat haqida xabar berishgan. Voqea joyiga politsiya va tibbiyot xodimlari, shuningdek qutqaruv otryadlari yetib kelishgan. Qutqaruvchilar qurbonlarning tanasini mashinadan chiqarib olish uchun metall kesish moslamalaridan foydalanishgan.

Yigitlarning joni voqea sodir bo‘lgan joyning o‘zidayoq uzilgani ma'lum qilindi.
Dastlabki tergov ishlari shuni ko‘rsatdiki, YTHga yomg‘irli ob-havo sharoitida avtomobilning yuqori tezlikda boshqarilgani sabab bo‘lgan.
Ayni damda BAAda kuchli yomg‘ir kuzatilayotgani sabab Sharja politsiyasi haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishni so‘ragan.

Mavzuga oid
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025