Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zika virusiga qarshi yana bir vaksina ishlab chiqildi
Xitoy va fransiyalik olimlar Zika bezgagiga qarshi vaksinani ishlab chiqishdi. Bu haqda XXR fanlar akademiyasi huzuridagi Paster instituti direktori Tan Xun ma'lum qildi.
"Bu AQSh va Fransiyada ishlab chiqilgan vositalardan so‘ng, hisob bo‘yicha dunyodagi yettinchi hamda Osiyodagi birinchi Zika virusiga qarshi vaksinadir. U klinik sinovlardan avvalgi tadqiqot bosqichiga yetib keldi. Vaksiya Afrikada 2019 yildayoq ishlatilishi mumkin", - deya Tan Xun so‘zlarini keltiradi Sinxua agentligi.
Shanxaydagi Paster instituti ilmiy xodimi Xuan Chjunning ta'kidlashicha, ular tomonidan ishlab chiqilgan vaksina xavfsiz bo‘lib, Zika bezgagi bilan kurashda samaralidir.
Bunday vaksinani yaratishda gen muhandisligi uslubidan foydalaniladi, DNK gibridli molekulalari shaklidagi genetik tuzilmalar tashkil etiladi. Vaktsinani yaratish bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Ma'lumot uchun, Zika bezgani – maymunlarning o‘tkir yuqumli kasalligi bo‘lib, ba'zida insonga chivinlar chaqishi orqali yuqadi. Virus ayniqsa homilador ayollar uchun xavflidir, sababi homilada bosh miya kasalliklari paydo bo‘lishiga olib keladi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025