Sport | 08:11 / 26.03.2017
35588
1 daqiqa o‘qiladi
17 yoshli bokschi jangdan keyin vafot etdi
17 yoshli bokschi Angliyaning Derbishir grafligida o‘tgan boks jangidan keyin vafot etdi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.
Uchrashuv 24 mart kuni bo‘lib o‘tgan. Sportchining ahvoli jangdan keyin keskin yomonlashgan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Mansfild shahridagi shifoxonaga olib borilgan. Biroq bokschi shifoxonaga kelgach vafot etgan.
Mahalliy politsiya o‘smirning o‘limi bo‘yicha tergov o‘tkazmoqda. "Bu bosqichda voqea bo‘yicha hech qanday shubhali vaziyat aniqlanmagan. Biz jang yozuvini yoki tergovga yordam berishi mumkin bo‘lgan boshqa bir ma'lumotni izlamoqdamiz", deb ma'lum qilgan politsiya vakili.