Light | 15:43 / 26.03.2017
33567
2 daqiqa o‘qiladi

Qarishga qarshi preparat muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

Niderlandiyadagi Erazm Rotterdamskiy nomidagi universitetning tibbiy markaz olimlari  sichqonlarda qarishga qarshi preparatni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqida Cell jurnali xabar berdi.

Insonning yoshi o‘tgani sayin to‘qimalarda qariyotgan hujayralar yig‘ilib qoladi. Olimlarning fikricha, ular artrit va diabet kabi kasalliklarning rivojlanishiga turtki berar ekan. Niderlandiyaliklar tomonidan ishlab chiqilgan "yoshlik eliksiri" ana shu hujayralarni yo‘q qiladi, bu esa qarish jarayonini to‘xtatish imkonini beradi. Qariyotgan hujayralarni o‘z-o‘zini yo‘q qilishga undovchi peptid preparat tarkibiga kiradi. 

Preparat qariyotgan sichqonlarda sinalganidan keyin ularning jismoniy chidamliligi oshgan - tadqiqotchilar kemiruvchilar ko‘p vaqtlarini "g‘ildirak"da harakatlanib o‘tkazganini ta'kidlashdi. Bundan tashqari, "yoshlik eliksiri"ni qabul qilgan jonivorlar sinov vaqtida bosib o‘tgan masofa deyarli ikki barobarga oshgan. 

Olimlar shuningdek sichqonlarning ichki organlari faoliyati yaxshilanganini ham qayd etishdi. 

Tadqiqot mualliflari mazkur preparat saraton bilan kurashda samarali bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Keyingi bosqichda yangi preparat insonlarda sinab ko‘riladi. 

Mavzuga oid