Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada zoman zaharli gazining barcha zaxiralari yo‘q qilindi
Rossiya hududida saqlangan zoman zaharli gazining barcha zaxiralari yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda Rossiyaning kimyoviy qurollarni xavfsiz saqlash va yo‘q qilish boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Valeriy Kapashinga iqtibos keltirgan holda "Ximicheskoye razorujyeniye" jurnali.
"2017 yil 25 martda Udmurtistonda Rossiyada kimyoviy qurolni yo‘q qilish jadvaliga binoan, zoman turidagi zaharlovchi moddaning so‘nggi tomchisi yo‘q qilindi. Rossiya bugungi kunda iprit va fosfororganik zoman kabi zaharli moddalardan to‘liq xalos bo‘ldi", deb aytilgan xabarda.
Zoman gazi asab-falajlovchi ta'sirga ega fosfororganik zaharlovchi moddalar oilasiga kiradi. U raqib askarlarini yo‘q qilish uchun aerozol shaklida ishlatiladi.
Zomanning zarracha tomchisi tanaga kirishi bilan uni zaharlaydi. U birinchi sinfdagi xavflar qatoriga kiradi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025