Jahon | 15:53 / 27.03.2017
27161
1 daqiqa o‘qiladi

«Konstitutsiya bizga xizmat qilishi kerak, ularga emas». Beshinchi sinf o‘quvchisi namoyishda

Rossiyaning Tomsk shahrida 5-sinf o‘quvchisi Konstitutsiya va Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi.

26 mart kuni Tomskdagi norozilik namoyishiga chiqqan 5-sinf o‘quvchisi Gleb Tokmakov Rossiya Konstitutsiyasi va Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish taklifini bayon qilgan. Uning so‘zlariga «Meduza» e'tibor qaratgan.

Maktab o‘quvchisi uning uchun hukumat tepasida kim bo‘lishi ahamiyatsiz ekanini aytib, hukumat tizimida o‘zgarishlar qilish zarurligi, hukumat fuqarolar uchun ishlashi lozimligiga urg‘u qaratgan.

«Konstitutsiya bizga xizmat qilishi kerak, ularning manfaatlari uchun ishlashi kerakmas. Nega bizning mamlakatda Konstitutsiya Jinoyat kodeksiga, huquq kodeksiga zid keladi? Birinchi navbatda Konstitutsiyani va Jinoyat kodeksini o‘zgartirish kerak!», — degan Tokmakov.

Mavzuga oid