Jamiyat | 15:58 / 27.03.2017
70202
3 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qon nima qilsin – 22 yashar o‘g‘li loqaydlikning qurboni bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumani oilalardan birida yuz bergan baxtsiz hodisa va buning oqibatida halok bo‘lgan yosh yigit haqida ma'lum qilingan edi. Bugun, 27 mart kuni voqea jabrdiydalaridan yana biri marhum Abu Bakrning akasi, 22 yashar Bilol ham olamdan o‘tdi. Bu haqda voqea tafsilotlari bilan yaqindan tanish manba Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Qo‘qon fojiasi: yana bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

Saytimiz orqali voqea tafsilotlari batafsil yoritildi. Gaz bosimining o‘ynab turishi, kutilmagan paytda ko‘tarilib, tushishi ana shunday fojiaga sabab bo‘lgan. Marhumlarning yaqin qarindoshi saytimizga bergan ma'lumotga ko‘ra, ushbu voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilingan. Ular esa ish prokraturaga oshirilganini ma'lum qilishgan.

Ikki navqiron yigitning olamdan bevaqt o‘tishi kishini larzaga soladi. Bir oila boshiga tushgan bu ko‘rgulikni eshitgach, qalb to‘lqinlanib, ko‘zga beixtiyor yosh keladi. Bu dunyoda barcha, o‘z taqdirida yozilgan muddatda bir soniya ham kechikmay, yorug‘ olamni tark etadi. Bu aqidaga musulmonman degan har bir kishi iymon keltirgan.

Ammo kimlarningdir aybi bilan ana shunday musibatning yuzaga kelishi bu holatga befarq qarab bo‘lmasligini toqazo etadi. Aniq aytadigan bo‘lsak, “O‘ztransgaz” bu hodisaga hamon o‘z munosabatini bildirmadi. Yuzaki gaplar, quruq tushuntirishlar, xullas, masalaga sovuqqonlik bilan yondashilgani marhumlarning yaqin qarindoshlari e'tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Deyarli har kun dunyoning qaysidir bir burchagida kimlardir baxtsiz hodisalar tufayli bu yorug‘ olamni tark etadi. Ammo ana shu baxtsizliklarning butun tafsiloti keng omma e'tiboriga havola etiladi. Bu kabi holatlarga qayta tushmaslik uchun uning tub mohiyati chuqur o‘rganiladi. Aybdorlar topib jazolanadi. Chunki inson huquqlari har bir davlatda, har bir jamiyatda ustun turadi, jumladan, O‘zbekistonda ham. O‘ylaymizki, aynan mana shu hodisa tafsilotlari davlat yoki viloyat miqyosida o‘rganiladi, tekshiriladi va qonun doirasida zarur chora-tadbirlar ko‘riladi. Chiqarilajak qarorlar adolatli bo‘ladi.

Qo‘qonda tashkilotlar mas'uliyatsizligi oqibatida ikki navqiron yigit majruh bo‘lib qoldi

Mavzuga oid