Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rafael Nadal o‘z faoliyatida yana bir rekord o‘rnatdi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal yakkalik bahslarida o‘zining minginchi uchrashuvini o‘tkazdi. Bu Mayamidagi musobaqaning uchinchi davrasida germaniyalik Filipp Kolshrayber bilan bahsga to‘g‘ri keldi. Uchrashuv ispaniyalikning 0:6, 6:2, 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, Nadal bunday ko‘rsatkichga erishgan 11-tennischiga aylandi. Ispaniyalik 822 bora g‘alaba qozongan hamda 178 marta mag‘lubiyatga uchragan. Ro‘yxatda 10-o‘rinni egallab turgan amerikalik Brayan Gottfrid (1004 o‘yin, 680 g‘alaba, 324 mag‘lubiyat) Nadaldan atigi 4 uchrashuv ko‘proq o‘tkazgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi esa amerikalik Jimmi Konnors sanaladi (1535 o‘yin, 1256 g‘alaba, 279 mag‘lubiyat).
Eslatib o‘tamiz, Nadal – ayni damda faoliyatini davom ettirayotgan hamda 1000 uchrashuvda kortga chiqqan uchinchi tennischidir. Undan avval shveysariyalik Rojyera Federer (1340) va ispaniyalik David Ferrer (1034) bu natijaga erishgan.
Mavzuga oid
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
11:56 / 06.02.2025