Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda gvardiyachi xira sayyohga do‘q-po‘pisa qilib qo‘ydi
Londondagi Sent-Jyeyms saroyini qo‘riqlovchi Qirollik gvardiyasi xizmatchisi uning oldida raqsga tushishga qaror qilgan xira sayyohni haydab yubordi. Ushbu holat videosi Daily Mail nashri tomondan tarqatilgan.
Videoda bir erkak saroy oldida raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin. To‘satdan gvardiyachilardan birining toqati toq bo‘lib, sayyohga burilib, "Qani bu yerdan jo‘nachi! Sen kecha ham shunday qilganding. Kamerangni o‘chir!" deb baqirgan. Bundan dovdirab qolgan erkak tezgina jo‘nab qolgan.
Gvardiyachilar postda turganlarida gapirish u yoqda tursin, hattoki burilishga haqlari yo‘q. Shuning uchun ko‘pchilik sayyohlar ularda qandaydir reaksiya uyg‘otish maqsadida ularning jig‘lariga tegishga harakat qiladilar.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025