Jahon | 11:01 / 27.03.2017
4439
1 daqiqa o‘qiladi

WP: Trampning kuyovi Oq uyning innovatsiyalar bo‘yicha yangi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ladi

AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner Oq uyning maxsus bo‘limi rahbari bo‘ladi, deb yozmoqda The Washington Post nashri. 

Maxsus bo‘linma «Oq uyning Amerika innovatsiyasi boshqarmasi» deb nomlanadi va keng vakolatlarga ega bo‘ladi hamda faqat prezidentga hisobot beradi. Boshqarma vazifalaridan biri davlat rahbari ma'muriyatiga yangicha qarash bilan yondashishdir. 

Innovatsiyalar bo‘yicha boshqarma sobiq va amaldagi tadbirkorlar, mulozimlar hamda davlat idoralarida ishlamaganlarni jalb etish bilan shug‘ullanadi. 

«Davlat yirik Amerika kompaniyasi singari boshqarilishi kerak. Umid qilamizki, mijozlarimiz bo‘lgan fuqarolarimizga xizmat ko‘rsatishda muvaffaqiyat hamda samaradorlikka erisha olamiz», — degan Kushner.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid