Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada migrantlar uchun til o‘rganish kurslari va burqa taqiqlovi to‘g‘risidagi qonun tasdiqlandi
28 mart kuni Avstriya vazirlar kengashi migrantlarning mamlakatdagi integratsiyasi to‘g‘risidagi qonunning yakuniy tahririni tasdiqladi. Bu qonunga ko‘ra, jamoat joylarida yuzni to‘liq yopib turuvchi musulmonlar kiyimini kiyish taqiqlanadi. Shuningdek u migrantlar uchun nemis tili kurslarini joriy qilish va ijtimoiy foydali joylarda ishchi o‘rinlari taqdim etishni ko‘zda tutadi. RIA "Novosti" shu haqida xabar berdi.
Majlisdan keyin Avstriya kantselyariyasi vaziri Tomas Drozdning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, dastur davlat g‘aznasiga yiliga 100 million yevroga tushadi.
Hujjatga muvofiq, uchinchi mamlakatlar migrantlarining nemis tili va malaka oshirish kurslarida o‘qishlari majburiydir. Ulardan voz kechish mamlakat beradigan kafolatlarda o‘z aksini topishi mumkin.
Mazkur hujjat burqa kiyishni taqiqlashdan tashqari, amaldor, sudya va prokurorlarning boshiga ro‘mol o‘rashini taqiqlaydi.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
17:14 / 19.04.2025