Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiya chegaralariga xavf bor ekan, Turkiya Suriyadan ketmaydi
Turkiya prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya chegaralariga xavf saqlanib qolar ekan, Turkiya Suriyadan ketmasligini aytdi. U bu haqda Samsundagi bir qator obektlar ochilishi marosimida ma'lum qildi.
Uning aytishicha, G‘aziantep viloyatida 56 kishi terrorchilar qurbonlariga aylangandan keyin Turkiyaning sabr kosasi to‘lgan va u Suriyaga qo‘shin olib kirgan.
"O‘shanda Suriya ozodlik armiyasiga Suriyaning Jarablus shahrini IShID terrorchilaridan ozod qilish operatsiyasida yordam berishga qaror qilingan. Jarablusdan keyin Turkiya qo‘shinlari Ar-Rayga kirib borgan", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘anning aytishicha, ayni vaqtda IShID terrorchilaridan Al-Bobdagi Dabiq posyolkasi tozalangan. Turkiya qurolli kuchlari Suriya hududlarini PYD va YPG jangarilaridan ham ozod qilmoqda.
Turkiya prezidentining ta'kidlashicha, navbat Myunbich tumanini ozod qilishga keldi va ushbu masala bo‘yicha xalqaro koalitsiya, AQSh va Rossiya vakillari bilan muzokaralar davom etmoqda.
"Turkiyaga xavf saqlanib qolar ekan, hech kim bu yerni tark etmaydi", deb aytgan Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025