Sport | 11:19 / 28.03.2017
25409
1 daqiqa o‘qiladi
Futboldagi eng chiroyli lahza. Hujumchi raqib darvozasiga belgilangan penaltini bekor qildirdi
Meksikaning «Monarkas Moreliya» klubi hujumchisi Luis Gabriel Rey «Amerika» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv vaqtida feyr-pley uchun namuna ko‘rsatib berdi.
Univision Deportes xabariga ko‘ra, o‘yinning 33-daqiqasida o‘yin hakami to‘p himoyachi qo‘liga tegdi deb topdi va «Amerika» jamoasi darvozasiga penalti qo‘ydi. Ammo Luis Gabriel Rey hakamning oldiga kelib, to‘p qo‘lga tegmagani va penalti bekor qilinishi kerakligini aytdi. U o‘z jamoasi 0:1 hisobida yutqazayotgan vaqtda shu qarorni qabul qildi va feyr-pley ko‘rsatdi. Yakunda «Monarkas Moreliya» 0:2 hisobida yutqazgan.
Mavzuga oid
11:57 / 07.01.2024
O‘zbekistonlik 3 nafar hakam futboldan umrbod chetlatildi. Ular «Qo‘qon-1912»ga sotilgan
18:56 / 04.01.2021
Ravshan Ermatov - rahbarlik faoliyati, tanqidlar va hakamlar imiji haqida
08:16 / 09.12.2020
«PSJ» – «Istanbul» bahsi 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi, o‘yinni boshqaradigan hakamlar almashtirildi
22:35 / 28.11.2020