Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin Qatar ustidan g‘alaba qozongan Babayan e'tiroz bildirishni boshladi
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi A guruhi 7-turida Qatarga qarshi kechgan va 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Muhim uchrashuv o‘tkazdik. G‘alaba biz uchun kerak edi va biz bunga erishdik. Qimmatli 3 ochkoga ega bo‘ldik. Bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga tashakkur aytmoqchiman. O‘yindan oldin raqibning o‘yinini inobatga olgan holda standart vaziyatlarga tayyorlangandik.
Avval ham aytib o‘tganimdek, g‘alaba va mag‘lubiyat bir-biriga yaqin yuradi. G‘alaba qozondik, ammo tarkibda muammolar bor. Mening O‘zbekiston klublariga e'tirozim bor: «Paxtakor», «Bunyodkor». «Paxtakor»ning bir yo‘la 3 futbolchisi jarohat olgandi: Sergeyev, Andreyev, Lobanov. Klublar bilan jiddiy ish olib borishimiz zarur.
Hisobni ochgandan keyin uni ushlab turishga harakat qildik. Chunki Qatar terma jamoasi qanotlarda kuchli o‘yin ko‘rsatadi. Merzlyakov birorta ham o‘yin o‘ynamagandi. Yig‘inda u kerakli ko‘rsatmalarni oldi. Futbolchilarimga e'tirozim yo‘q, ular maydonda bor kuchini berdi.
Guruhda oson o‘yinlar yo‘q. Navbatdagi o‘yin Eronda bo‘lib o‘tadi. U yerda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Hatto durang ham bizni qoniqtirmaydi», – deya Samvel Babayanning so‘zlarini keltirgan O‘FF rasmiy sayti.
Mavzuga oid
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi
10:14 / 02.05.2025