Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nelson Mandelaning safdoshi Ahmad Katrada vafot etdi
JARda aparteidga (irqiy ayirmachilikka) qarshi kurashgan va Nelston Mandelaning safdoshi bo‘lgan Ahmad Katrada 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ahmed Kathrada Foundation jamg‘armasi saytida xabar berilgan.
"Ahmad Katrada jamg‘armasi Afrika milliy kongressi faxriysi bugun Yoxannesburgdagi Donald Gordon Hospital kasalxonasida hayotdan ko‘z yumganini xabar qiladi", - deyilgan bayonotda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, huquq himoyachisi bosh miyada o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin paydo bo‘lgan qisqa muddatli kasallikdan so‘ng vafot etgan.
Ahmed Katrada taniqli huquq himoyachisi hamda JARda aparteid bilan kurashgan shaxs edi. 1963 yilda u Nelson Mandela va boshqa faollar bilan hukumatni zo‘ravonlik bilan to‘ntarishda ayblanib umrbod ozodlikdan mahrum etilgandi. U umumiy hisobda 18 yil qamoqda o‘tirdi, shundan so‘ng huquq himoyasi va siyosat bilan shug‘ullana boshladi.
Mavzuga oid
21:12 / 10.04.2025
JARda pingvin sabab vertolyot falokatga uchradi
13:43 / 15.03.2025
JAR elchisi AQShda persona non grata deb e’lon qilindi
22:32 / 06.02.2025
AQSh Davlat kotibi Markio Rubio G20 yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi
09:12 / 03.02.2025