Britaniya Brexit’dan so‘ng NATOda ishtirok etadimi? Tereza Mey bayonot berdi
Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqidan chiqqanidan so‘ng NATO oldidagi barcha majburiyatlarini bajarishda davom etadi, ular orasida kollektiv xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar ham bor. Bu haqda Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ma'lum qildi.
"Biz majburiyatlarimizni bajarishda davom etamiz. Bizning NATO doirasida xavfsizlikni ta'minlashda ishtirok etish bo‘yicha qat'iyatimiz juda yuqori, mudofaaga YaIMning 2 foizlik darajasi miqdorida xarajatga rioya etamiz,...NATOning Latviya va Estoniyadagi amaliyotlarida ham qatnashamiz. Biz kollektiv xavfsizlikni ta'minlash borasidagi majburiyatlarimizni ham bajaramiz", - deya ma'lum qildi Mey parlamentda chorshanba kuni chiqish qilib.
Avvalroq Yevropa ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk Brexit jarayoni boshlangani haqidagi ogohlantiruvchi maktubni qabul qilib olgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid

18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi

09:04 / 21.05.2025
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kuchaytirdi

17:04 / 20.05.2025
BBC sionizm haqidagi posti uchun Gari Linekerni ishdan bo‘shatdi

14:34 / 20.05.2025