Eronning sobiq prezidenti AQShning tanazzulga uchrashini aytdi
Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod AQSh jahonning yetakchi davlati sifatida tanazzulga uchrashini aytdi. U bu haqda EFE axborot agentligiga bergan intervyusida aytdi.
Ahmadinajodning aytishicha, Vashingtonda "yangi urushni boshlashdan boshqa chora yo‘q, bu esa uning o‘z qudratini yo‘qotishiga olib keladi". Sobiq prezidentning fikricha, AQSh "jadal sur'atlar bilan yo‘q bo‘lishga qarab boradi, bu esa dunyoning turli nuqtalarida taranglik va ixtiloflar keltirib chiqaradi".
Ahmadinajodning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Trampning mudofaa byudjyetini oshirishga undovi "urush e'lon qilishni" anglatadi. "Men AQSh Osiyoning sharqida ham, g‘arbida ham yangi urush boshlamoqchi ekanligidan xabardorman. Tramp xalqiga ichki masalalarga ustuvor ahamiyat berilishiga va'da berganiga qaramasdan, u bu masalalarni dunyoda muammolar yaratib, hal qilmoqchi", deb qo‘shimcha qildi Ahmadinajod.
Uning aytishicha, oxirgi yillar amerikalik siyosatchilar "butun dunyo bo‘ylab o‘zlarining hukmronliklarini kengaytirishga va o‘z ortlaridan gegemonlikni saqlab qolishga urinib kelganlar". "AQShning hukmronligi butun dunyoga yoyilgan. Shuning uchun uning tanazzulga uchrashidan ko‘p narsalarni kutish kerak", deb ta'kidlab o‘tgan Ahmadinajod.
Mavzuga oid
18:44
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024