Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada bedarak yo‘qolgan yigit bo‘g‘ma ilon ichidan topildi
Indoneziyadagi qishloqlardan birining aholisi palma yog‘ini yiqqani ketib, bedarak yo‘qolgan hamqishlog‘ini qidirish vaqtida uning jasadini 7 metrlik bo‘g‘ma ilon ichida aniqladi.
Ilon yo‘qolib qolgan 25 yoshli Akbar Salubironing uyi hovlisida aniqlangan. Marhumning tanishlari uning jasadini ilon ichidan chiqarib olish uchun ilonning qornini yorishgan. Guvohlarning aytishicha, ular bir kun avval qurbonning uyi yaqinida qandaydir hayqiriq ovozlarini eshitishgan. Ko‘rinishicha, ilon yigitni bo‘g‘ib, keyin uni yutib yuborgan, deb yozmoqda Daily Mail nashri.
Ta'kidlanishicha, Indoneziyada bo‘g‘ma ilonlar boshpanasiz yoki mast holda ko‘chada uyquga ketgan odamlarni yutib yuboradigan holatlar uchrab turadi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025