Jamiyat | 21:47 / 29.03.2017
17925
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Irlandiyada Coca-Cola idishlarida inson faoliyati chiqindilari aniqlandi

Shimoliy Irlandiya politsiyasi Coca-Cola korporatsiyasining Lisbern shahrida joylashgan zavodida sanitar me'yorlarning buzilish holati bo‘yicha tergovgacha tekshiruvni boshladi. Bu haqda Irish Examiner nashri xabar berdi

Tekshiruv o‘tkazilishiga esa korxonaga kelgan alyumin bankalarda "inson faotiyati chiqindilari" aniqlangani sabab bo‘lgan.

Ishlab chiqarish texnologiyasi jiddiy buzilgani sababli zavod faoliyati to‘xtatilgan. Ushbu holatni tergov qilishga Shimoliy Irlandiya oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi agentligining mahalliy sanitar-epidemiologik xizmati mutaxassislari kirishishgan. Taxmin qilinishicha, idishlar Germaniyada ishlab chiqarilgan. 

Zavod ma'muriyati ifloslangan ichimlik sotuvga chiqarilmaganini aytgan. "Biz mahsulotlarimizning sifati va xavfsizligiga jiddiy e'tibor qaratamiz. Muammo sifatni qat'iy nazorat qilish jarayoni tufayli darhol aniqlangan", deb ma'lum qilgan kompaniya matbuot xizmati. 

Nashrning ta'kidlashicha, barcha yaroqsiz mahsulot musodara qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid