Jahon | 00:28 / 30.03.2017
7368
2 daqiqa o‘qiladi

BAA fuqarosi o‘z davlatini haqorat qilgani uchun 10 yilga qamaldi

Abu-Dabi federal apellyatsiya sudi BAA fuqarosini o‘z davlati va uning milliy ramzlarini internetda haqorat qilgani uchun 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda Gulf News nashri.

Shuningdek, ayblanuvchi "Musulmon birodarlar" terrorchilik tashkiloti bilan bog‘liq "Al-Isloh" harakati bilan aloqa qo‘llab-quvvatlashda aybdor deb topilgan. 

Ayblanuvchi internetda BAAning tashqi siyosati va davlat ramzlari haqorat qilingan suratlar va maqolalar chop etilgan akkauntlar va veb-saytlar yaratgan.

29 mart kuni sud BAAning yana bir fuqarosini BAAda siyosiy partiya tashkil qilish va davlat to‘ntaruvi amalga oshirish chaqirig‘i uchun 10 yillik qamoq jazosi va 3 mln dollarlik jarimaga sirtdan mahkum qildi. Ayblanuvchi o‘z saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida o‘z "siyosiy partiyasini" ilgari suruvchi va BAAni haqoratlovchi maqolalar joylashtirgan.

BAAning kiberjinoyatlar haqidagi qonunida umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazolar ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid