Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi o‘limiga doir jinoiy ish bo‘yicha tergov davom etmoqda
Fojiali yo‘l-transport hodisasi «Astraxan — Elista — Stavropol» R-216 yo‘lining 103-kilometrida ro‘y bergan. Opel Zafira mashinasida olti nafar kishi, jumladan 41 yoshli haydovchi bo‘lgan. U boshqaruvni yo‘qotgan hamda mashina to‘ntarilib ketgan.
Halokat oqibatida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan va orqa o‘rindiqda o‘tirgan 21 yoshli yo‘lovchi o‘ta og‘ir jarohatlarni olib, hayotdan ko‘z yumdi. Shu bilan birga, qolgan yo‘lovchilar va haydovchi umuman jarohat olmagan.
Rossiya IIVning Astraxan viloyati bo‘yicha boshqarmasida aniqlik kiritishlaricha, erkaklar Qozog‘istondan Krasnodar o‘lkasiga qarab harakatlanishgan, ular Rossiya hududida ro‘yxatga olishni uzaytirishni maqsad qilishgandi. Avtomobilda bo‘lgan barcha shaxslar O‘rta Osiyo davlatlari fuqarolari bo‘lgan.

Bir insonning o‘limiga sabab bo‘lgan ushbu vaziyat bo‘yicha jinoyat ishi hali yopilmadi, tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
22:24 / 12.05.2025