Tramp cheklovlari AQShga qancha zarar keltirishi aytildi
Amerikaning olti musulmon davlat fuqarolariga viza berishni to‘xtatishi, shuningdek qator mamlakatlardan AQShga uchayotgan reyslarda elektron qurilmalar olib o‘tilishiga taqiq ikki yil davomida Qo‘shma Shtatlar iqtisodiyotiga 18 mlrd. dollarlik zarar keltiradi. Bu haqda AQSh turistik sanoati ekspertlari ma'lum qilishdi.
Tourism Economics kompaniyasining ma'lum qilishicha, Oq uyning yangi rahbari tomonidan kiritilgan viza cheklovlari mamlakatga kelayotgan sayyohlar oqimini yiliga 4,3 mln.ga kamaytirib, 2017 yilda turizm tufayli keladigan daromadlar hajmini 7,4 mlrd. dollarga qisqartiradi. «Cheklovlar saqlanib qolinadigan bo‘lsa, 2018 yilda AQSh keladigan turistlar soni yana 6,3 mln.ga kamayadi, daromadlar esa 10,8 mlrd. dollarga qisqaradi», - deya ogohlantirdi Tourism Economics.
Kompaniya rahbari Adam Saksning ta'kidlashicha, AQShning sayyohlar ko‘z o‘ngidagi hurmati pasayib bormoqda va bu tashvishga sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
23:47 / 01.10.2024
Bayden amerikalik harbiylarga Isroilga yordam berishni buyurdi
21:19 / 01.10.2024
Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishi mumkin – OAV
20:41 / 01.10.2024
AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter 100 yoshga to‘ldi
09:50 / 01.10.2024