Sport | 12:50 / 31.03.2017
15918
2 daqiqa o‘qiladi

1 aprelda «O‘zbekiston» sport majmuasida navbatdagi katta boks kechasi bo‘lib o‘tadi

Ertaga 1 aprel kuni Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 5-turidan o‘rin olgan bahslar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi bokschilarini qabul qiladi. 

31 mart kuni Toshkentning Grand Mir Hotel mehmonxonasida Uzbek Tigers va Astana Arlans jamoalarining uchrashuv oldi rasmiy matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar ustozlari ertaga bo‘ladigan bahsda jiddu-jahd bilan ringga chiqishlari ta'kidlandi. Shundan so‘ng, bokschilarning vaznini o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shunday qilib, ertaga «O‘zbekiston» sport majmuasida quyidagi bokschilar juftliklarining ajoyib janglariga guvoh bo‘lish mumkin. 

49 kg: Hasanboy Do‘stmatov     vs   Temirtas Jusupov

56 kg: Abdulhay Shorahmatov    vs    Ilyos Suleymenov

64 kg: Elnur Abduraimov     vs    Dilmurod Mijitov

75 kg: Isroil Madrimov      vs    Saparbay Aydarov 

+91 kg: Zuhriddin Mahkamov      vs    Anton Pinchuk 

Uzbek Tigers WSB doirasida shu vaqtgacha 4 marta jang o‘tkazdi. O‘zbekiston vakillari avvaliga Xitoyda China Dragons jamoasidan 2:3 hisobida yengilgan, keyingi turda Qozog‘istonda Astana Arlans jamoasiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-tur bahsida Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qildi. 4-turda esa O‘zbekiston jamoasi China Dragons jamoasidan 5:0 hisobida qasos oldi.

Ayni vaqtda, Qozog‘iston jamoasi guruhda 12 ochko bilan 1-o‘rinda joylashgan. Uzbek Tigers hisobida 6 ochko bo‘lib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid