Jahon | 21:50 / 31.03.2017
2837
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidenti aprel boshida Iordaniya qirolini qabul qiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp keyingi haftada Iordaniya qiroli Abdulloh II bilan Vashingtonda uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishisa, uchrashuv 5 aprelda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda ikki tomonning "Yaqin Sharqdagi o‘zaro manfaatli masalalar, jumladan AQSh va Iordaniya IShID terrorchilik guruhiga qanday qilib samarali zarba berishi, Suriyadagi ixtilofga chek qo‘yish hamda isroilliklar va falastinliklar o‘rtasida tinchlikka erishish masalalari bo‘yicha fikrlar almashishi rejalashtirilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid