Jahon | 23:53 / 31.03.2017
12663
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh suriyalik kurdlarga qurol-aslaha yetkazib berdi

Suriyada IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashayotgan kurd va arab otryadlariga AQShda ishlab chiqarilgan qurol-aslaha yetkazib berildi. Qurol-aslaha IShIDning Suriyadagi "poytaxti" deb hisoblanuvchi Raqqaga hujum oldidan yetkazildi.

Qurol-aslaha ortilgan transport karvoni Suriya shimoliga Iroq Kurdistonidan yetib kelgan. Karvonni bir nechta zirhli mashinalar va amerikalik harbiylar qo‘riqlab borgan, deb xabar bermoqda "Rudau" kurd telekanali.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, bu AQSh suriyalik lashkarlarga yuborayotgan ikkinchi qurol-aslaha partiyasidir. Birinchi partiya yanvarda yetkazilgan. O‘shanda kurd otryadlariga 10 ta zirhli mashina berilgan.   

Raqqani ozod qilish bo‘yicha operatsiya yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda 24 mart kuni Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian ma'lum qilgandi.  

Mavzuga oid