Jahon | 14:30 / 31.03.2017
16693
2 daqiqa o‘qiladi

Checheniston maktablarida hijobda yurishga ruxsat berildi

Foto: RIA "Novosti"

Checheniston parlamenti mahalliy an'analar va e'tiqoddan kelib chiqib kiyinishga ruxsat berdi. Bu haqida qonunchilik organi matbuot xizmatiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.

"Mazkur qonun loyihasi tashkilotlarning ta'limiy faoliyati samaradorligi va o‘quvchilarning konstitutsion huquqlarini ta'minlashni yaxshilashda inkor etib bo‘lmaydigan yuridik hujjat bo‘lib xizmat qiladi", - deya izoh berdi spiker Magomed Daudov. 

Parlamentda yangi qoidalar "Rossiya Federatsiyasidagi ta'lim to‘g‘risida"gi federal qonunga zid kelmasligi ta'kidlandi. 

Rossiya maktablarida hijob va boshqa diniy kiyimlarda yurish jamiyatda turli bahslarga sabab bo‘ldi. Yanvar oyi oxirida ta'lim va fan vaziri Olga Vasileva kishilar o‘zining dinga bo‘lgan munosabatini tashqi atributlar yordamida ta'kidlamasligi kerakligini aytgandi. 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov vazirning so‘zlarini keskin tanqid qildi. U hijobga qarshi chiquvchilar maktablardagi boshqa muammolarni hal qilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishiga ishora qildi. 

Mavzuga oid