Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston shtatlarining birida sigir o‘ldirganlik uchun umrbod qamoq jazosi beriladi
Hindiston g‘arbidagi Gujarat shtatining qonunchilik majlisi sigir o‘ldirganlik uchun belgilanadigan qamoq jazosini 7 yildan umrbod muddatga uzaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqida Hindustan Times'da xabar berildi.
Manbada ta'kidlanishicha, mahalliy qonunchilikka kiritiladigan tuzatishlar shtatga yirik qoramol himoyasi bo‘yicha qat'iy qonun amal qiluvchi shtat mavqeini beradi, shu bilan birga katta jarimalar va transport vositasining umrbod musodara qilinishini ko‘zda tutadi.
2011 yilda, Hindistonning hozirgi bosh vaziri Narendra Modi shtatning bosh vaziri lavozimini egallagan paytda qonunbuzarlarga 7 yilgacha qamoq jazosi belgilanib, 50 ming rupiygacha jarima solinar edi. Shuningdek politsiya jonivorlar tashib ketilayotgan avtomobillarni yarim yilga musodara qilish huquqiga ega bo‘lgan.
Hindiston konstitutsiyasi shtatlarga "sigir va buzoqlarni o‘ldirish"ni taqiqlashga doir choralar ko‘rish huquqini beradi. Biroq shtatlarda jonivorlar huquqi himoyasi bir-biridan farq qiladi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025