Jamiyat | 17:37 / 31.03.2017
6599
2 daqiqa o‘qiladi

Warner Bros "Betgerl" haqida film olishni boshladi

Warner Bros. kinokompaniyasi "Betmen" koinotidagi superqahramon qiz - "Betgerl" haqida film olishni boshladi. Bu haqida NME xabar berdi

Lentaning rejissyori, ssenariynavisi va prodyuseri - Joss Uidon. U "Qasoskorlar", "Qasoskorlar: Altron davri" kartinalari va Nil Patrik Harris ishtirokidagi "Dahshatli Doktorning musiqiy blogi" mini-serialini suratga olgan. Shuningdek Uidon "O‘yinchoqlar tarixi" va multfilmi hamda "O‘rmondagi kulba" qora komediyasi ssenariysini yozgan. 

Filmdagi aktyorlar nomi hozircha oshkor etilmagan. Manbada "Betgerl"da "Betmen" koinotidagi personajlar ham bo‘lishi ta'kidlangan. 

DC komikslarida Betgerl nomi ostida bir necha qahramon ko‘rinish bergan. Ba'zi versiyalarda personajlar tarixi Betmen tarixini takrorlagan, boshqalarida esa Betgerl superqahramonning sherigi sifatida qatnashgan. Personaj 1997 yilgi Jorj Kluni, Arnold Shvartsnegger va Uma Turman ishtirokidagi "Betmen va Robin" filmida paydo bo‘lgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid