Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik figurachi Xanyu ikki karra jahon chempioni bo‘ldi
Yaponiyalik figurachi Yudzuru Xanyu Xelsinkida o‘tayotgan figurali uchish bo‘yicha jahon chempionatida erkaklar o‘rtasida yakka chiqishda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ikki dastur natijasiga ko‘ra yaponiyalik sportchi 321,59 ball to‘pladi va o‘zining erkin dasturdagi jahon rekordini yangiladi (223,20 ball). 2-o‘rinni yana bir yaponiyalik figurachi Sema Uno (319,31), 3-o‘rinni xitoylik Tszin Boyan (303,58) qo‘lga kiritdi.
Xanyu endilikda ikki karra jahon chempioniga aylandi.
Ta'kidlash joizki, o‘zbekistonlik figurachi Misha Ge 243,45 ball bilan 12-o‘rinni egalladi.
Jahon chempionatining musobaqa qismi bugun, 1 aprelda yakunlanadi.
Mavzuga oid
17:56 / 26.05.2025
AQSh 65 yildan so‘ng yana hokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
21:18 / 06.03.2025
O‘zbekiston yosh xokkeychilari jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi
20:10 / 02.10.2024