Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada meningitdan 300ga yaqin kishi halok bo‘ldi
Nigeriya yuqumli kasalliklar nazorati markazining ma'lum qilishicha, mamlakatda meningit kasalligi tarqalishi tufayli 282 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Agentlik mamlakatning 15 shtatida orqa miya meningiti bilan bog‘liq yuqumli kasalliklar qayd etilganini ta'kidlamoqda. Kasallikning "C namunasi" deb nomlanuvchi yangi ko‘rinishi tarqalayotgani sabab, emdorilar yetarli emasligi kuzatilmoqda.
"Bu kasallikka qarshi vaksina bor", - deydi Markaz bosh ijrochisi Chikwe Ihekweazu. – Ammo, aynan ushbu namuna uchun emdorilarni tijoriy yo‘l bilan xarid qilish imkonsizligi sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga yordam so‘rab murojaat qildik".
Kasallik tarqalishi aniqlangan fevrl oyida buyon 2 mingga yaqin gumonlanuvchi kishi ko‘rikdan o‘tkazilgan, 109 kishi davolangan.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
20:41 / 12.02.2025
Moskvadagi migrantlar yotoqxonasida meningit infeksiyasi tarqaldi
13:23 / 27.01.2025