Parij yaqinidagi portlashda 20 ga yaqin odam jarohat oldi
Parij yaqinidagi Vilpent kommunasida karnaval vaqtida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 20 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Express nashri. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash terakt bo‘lmagan.
Parisien nashri ma'lumotlariga ko‘ra, shifokorlarga jarohat olgan va karaxt holga tushgan 30 ga yaqin kishi murojaat qilgan.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 17.30da somon va daraxtdan yasalgan tulum yoqilmoqchi bo‘lganda yuz bergan.
Ma'lum qilinishicha, portlashga baxtsiz hodisa sabab bo‘lgan. Voqea joyida politsiya va qutqaruvchilar ish olib bormoqdalar.
Francetvinfo portalining ma'lum qilishicha, bolalar uchun uyushtiriladigan karnavalda mingga yaqin bola bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:31 / 14.11.2024
Parij prokuraturasi Marin Le Penga 5 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
09:30 / 25.10.2024
Livanga yordam berish uchun Parijda taxminan 1 mlrd yevro yig‘ildi
22:36 / 24.10.2024