Jahon | 15:15 / 01.04.2017
10433
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp farmonlarni imzolash marosimini imzo qo‘ymay tark etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning Oval xonasini savdo to‘g‘risidagi ikkita farmonni imzolamasdan tark etdi. U nutq qilganidan so‘ng, hujjatlarni imzolamagan va xonadan chiqib ketgan. Uni vitse-prezident Maykl Pens qaytarishga urinib ko‘rgan bo‘lsa-da, davlat rahbari unga e'tibor bermagan. 

Bunday kutilmagan vaziyat xususida The Hill nashri yozmoqda. Odatda, prezident farmonlarga Oq uydagi hamkasblari va jurnalistlar ishtirokida oshkora imzo chekadi. 

Imzolash marosimi boshlangach, Maykl Pens hujjatning Amerika fuqarolariga foydasi haqida gapirgan. So‘ngra, mikrofon yoniga Donald Tramp yaqinlashgan. U qonunning samarador bo‘lishiga va'da berib, to‘planganlarga minnatdorlik bildirgan va chiqib ketgan. 

Pens Trampni to‘xtatishga omadsiz uringanidan so‘ng, stolga qaytib, hujjatlarni olgan va Tramp ortidan yo‘l olgan. Ehtimol, farmonlar yopiq eshiklar ortida imzolangandir. 

Bloomberg agentligiga ko‘ra, Tramp CBS News jurnalistining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn haqida savol berganidan so‘ng, Oval xonani tark etgan. 

The Wrap nashrining yozishicha, bunday vaziyat ataylab rejalashtirilishi mumkin emas va 1 aprel hazili bo‘lishi ehtimol.

 

Mavzuga oid