Sport | 19:13 / 01.04.2017
7422
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbek Tigers jangini boshladi

«O‘zbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl 5-turidan o‘rin olgan Uzbek Tigers jamoasining Astana Arlans’ga qarshi jangi boshlandi. Bokschilar har biri 3 daqiqadan besh raund kurash olib boradi. 

Ringga birinchi bo‘lib 64 kg vazn toifasidagi bokschilar chiqib kelishdi. Elnur Abduraimov qozog‘istonlik Dilmurod Mijitovni sinovdan o‘tkazadi. 

Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga ko‘tarilishmoqda.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid