Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyaning YeIga qabul qilinmaslik sababini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatning 50 yildan ortiq vaqt davomida Yevropa Ittifoqiga qabul qilinmasligi birinchi navbatda diniy omillarga bog‘liq ekanini aytdi. Hurriyet nashri shu haqida xabar berdi.
"Bilasizmi, nima uchun Turkiya 54 yildan beri YeIga qo‘shila olmayapti? Buning sababi aniq: YeI - bu nasroniylar ittifoqi", - dedi u Anqaradagi namoyishda.
Shu o‘rinda turk rahbari Yevropa yetakchilarining Vatikanda Rim papasi Frantsiskni "itoatkorona" tinglashganini ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek Erdo‘g‘an 16 aprelni "YeI siyosatiga javob beriladigan kun" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiyadagi prezidentlik boshqaruviga o‘tishni ko‘zda tutuvchi o‘zgarishlar tufayli mamlakat taraqqiyoti tezlashadi, davlat dushmanlari esa buni istashmaydi.
"2016 yilda, ko‘plab G‘arb mamlakatlari iqtisodiy tanazzulni yengib o‘ta olmayotgan bir paytda Turkiya iqtisodiyoti 2,9 foizga o‘sdi", - deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
20:02 / 24.05.2025