O‘zbekiston | 10:26 / 02.04.2017
31041
2 daqiqa o‘qiladi

Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

2 aprel kuni Andijon viloyati Paxtaobod tuman xalq deputatlari Kengashining sessiyasi o‘tkazildi.

«Kun.uz» manbasining ma'lumot berishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Yig‘ilishda ma'ruza qilgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar,  mutasaddilarni aholi muammolarini hal qilish va ularni dardiga malham bo‘lishi asosiy vazifasi ekanligi haqida gapirgan.

Tumanga bir necha kun oldin Shahrixon hokimi lavozimiga o‘tkazilgan Hikmatullo Dadaxonov o‘rniga yangi rahbar tayinlangan. Endilikda Hojimatov Farhodjon Yakubovich Paxtaobod tumani hokimi hisoblanadi.

Farhodjon Hojimatov 1973 yilda Paxtaobod tumanida tug‘ilgan.

1995 yilda Namangan sanoat texnologiya institutini tamomlagan. Faoliyatini 1990 yilda hisobchilikdan boshlagan, o‘tgan vaqt davomida Paxtaobod tumanida iqtisodiyot sohasida turli lavozimlarda ishlab kelgan. 2010-2016 yillarda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2017 yil boshida tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.

Mavzuga oid