Jahon | 10:01 / 02.04.2017
4790
1 daqiqa o‘qiladi

Virjiniyadagi konsert vaqtida otishma chiqdi

AQShning Virjiniya shtatida o‘tkazilayotgan konsert vaqtida otishma ro‘y berib, kamida ikki kishi jarohatlangan. Bu haqda politsiyaga asoslangan holda NBC xabar bermoqda.

Guvohlarning ma'lumotiga ko‘ra o‘q ovozlari sahna ortida eshitilgan.

Ayni vaqtda huquq tartibot organlari xodimlari konsert binosi atrofini o‘rab olishgan va yaqin yo‘llar yopilgan. 

Bundan oldinroq Florida shtati hududidagi Tamp shahrida avtomobillar turargohida ro‘y bergan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘lib, 4 kishi jarohatlangani ma'lum qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid