Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atambayev: Tartibsizlik istaysanmi? Seni qamoq kutadi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev barqaror rivojlanish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida ishtirok etdi.
«Tartibsizliklar uyushtirmoqchimisan? Unda seni tergov izolyatori kutadi», degan prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat o‘z vaqtida namoyishlar va zo‘ravonliklar tufayli nom chiqargandi. Endi esa mamlakatda islohotlar olib borilmoqda, dunyo bu mamlakatni Butun dunyo ko‘chmanchilik o‘yinlari orqali biladi.
«Endi qo‘shni davlatlar Qirg‘izistonni kamsita olishmaydi. Ular bizga havas bilan qarashadi», degan Atambayev.
«Bizning mamlakatimiz va xalqimiz shu to‘g‘ri yo‘lda harakatlanishda davom etadi. Agar biz o‘z yutuqlarimizni yo‘qotishni istamasak, 25 yillik yo‘l xaritasini ishlab chiqishimiz kerak. Men mamlakatimiz bu yo‘lda ravon harakatlanadi deb o‘ylayman. Turli manfur siyosatchilar bizni yo‘ldan chiqarib yubora olmaydi», — degan Almazbek Atambayev.
U ikkinchi inqilob arafasida o‘zi ham qamoqda o‘tirganini eslagan.
«Men ham shunday kamerada bo‘lganman. Ammo hozir butunlay boshqacha vaziyat. Tartibsizliklar istayapsanmi, unda seni tergov izolyatori kutadi, eshiklar ochiq.
Tinchlik va barqarorlik — biz erishgan eng asosiy yutuqlar. Qirg‘iziston suveren davlatga aylandi. Biz hech kimga bu tinchlikka daxl qilishga yo‘l qo‘ymaymiz. Kimni yuborishmasin, endi mamlakat boshqa yo‘lga burilmaydi. Bizning mamlakatimiz milliy va madaniy tug‘ilishning tarixiy bosqichini boshdan kechirdi», — degan prezident.
Mavzuga oid
08:30 / 26.03.2025
Xato tufayli o‘limga hukm qilingan yaponiyalik chol rekord miqdorda tovon puli oldi
16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi
08:25 / 01.08.2024
Amerikalik 34 yillik qamoqdan keyin oqlandi
11:31 / 02.04.2024