Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbega reys sarguzashti davom etadi. «Muhlat uzaytirildi»
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 4 aprel kuni Toshkentdan Dushanbega birinchi reysni amalga oshirish rejasi yana amalga oshmadi.
Aviakompaniya matbuot xizmatining «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, reysga yetarlicha chipta sotilmagani tufayli 4 aprelga belgilangan reys noma'lum muddatga qoldirilgan. U qo‘shimcha ma'lumot bera olmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning noyabr oyida O‘zbekiston va Tojikiston 1992 yili to‘xtatilgan aviaqatnovlarni 2017 yil boshida qaytadan yo‘lga qo‘yishga kelishib olgan edi. Aviareyslarni Tojikiston tomonidan Somon Air, O‘zbekiston tomonidan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyalari amalga oshirishi belgilangandi.
Somon Air aviakompaniyasining Toshkentga birinchi reysi 20 fevralga rejalashtirilgan edi, ammo aviakompaniya zarur hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmagani sababli parvoz bekor qilindi.
Shundan buyon tomonlar ushbu reysni amalga oshira olmay kelmoqda.
Mavzuga oid
10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
20:42 / 18.01.2025
Farg‘onadan Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan reys kechiktirildi
09:40 / 18.01.2025
O‘zbekiston va Aqto‘be viloyati o‘rtasida muntazam reyslar tashkil etiladi
15:24 / 08.01.2025