Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyadagi suv toshqinlari qurbonlari soni 250 nafardan oshdi
Kolumbiyaning Putumayo departamentining Mokoa munitsipalitetida daryolarning quyilishi sababli kamida 254 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.
Avvalroq, Qizil xoch xalqaro qo‘mitasi 200 nafar odam halok bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi. AFP agentligiga ko‘ra, qurbonlar orasida 43 nafar bola ham bor.
Davlat rahbari tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan mintaqaga 1,2 mlrd dollar miqdorida mablag‘ ajratilganini bildirdi. U, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardligini izhor qilib, tabiiy ofat hududida faoliyat yuritayotgan 2 ming qutqaruvchi va shifokorlarga minnatdorlik bildirdi.
Mamlakatda surunkali yomg‘irlar davom etishi daryolarni o‘zanidan chiqarib yubordi. Kuchli suv oqimlari tonggi vaqtda odamlar uxlab yotgan vaqtda aholi punktlarini bosgan. Hududdagi ko‘plab ko‘priklar vayron bo‘lgan, avtomobillar oqib ketgan.








Mavzuga oid
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
16:59 / 09.05.2025
“Suv toshishi 24 aprelda boshlangandi” - Buloqboshidan reportaj
22:49 / 08.05.2025
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
21:25 / 08.05.2025