Jahon | 12:34 / 03.04.2017
5740
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada mart oyi 1890 yildan beri eng issiq bo‘ldi

Rossiyada 2017 yilning martida o‘rtacha havo harorati ushbu mamlakatda 127 yillik iqlim kuzatuvlari davomida qayd etilgan barcha ko‘rsatkichlarni yangiladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«U 1990 yilning martida qayd etilgan avvalgi rekordni birdaniga 1,5 darajaga ortda qoldirdi. Joriy yilning birinchi uch oyi – mamlakat iqlimshunoslik tarixidagi eng iliq ob-havo kuzatilgan davr bo‘ldi», - deya xabar berishdi Rossiya gidrometeorologiya markazida.

Ta'kidlanishicha, butun Rossiya bo‘ylab harorat normasi 2 darajaga ko‘proqni tashkil etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid