Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyoh xatolik tufayli Avstraliya o‘rniga Kanadaga uchib ketdi
Amsterdamlik sayyoh xatolik tufayli Avstraliya o‘rniga Kanadaga yetib keldi. Bunga ikki davlatda joylashgan ikki shaharning nomi bir xilligi sabab bo‘lgan, deb yozmoqda The Sun nashri.
Gollandiyalik Milan Shipper Avstraliyaning Sidneyiga bormoqchi bo‘lgan. Keyinroq u olgan chipta Air Canada aviakompaniyasining Kanadaning Yangi Shotlandiya viloyatida joylashgan Sidney aholi punktiga reysga olingani ma'lum bo‘lgan.

Shipper o‘z xatosini Kanadaning Toronto shahriga yetib kelganda anglagan. Bu yerda yo‘lovchilar oxirgi manzilga yetib olish uchun boshqa samolyotga o‘tirishlari kerak bo‘lgan. Sayyohni Torontoda kutib turgan kichik samolyot ajablantirgan. "Men bu samolyot bizni Avstraliyagacha yetkaza olishi haqida o‘ylay ketdim", deb eslamoqda Shipper.
Sayyoh samolyotda reys yo‘nalishi tasvirlangan xaritani ko‘rib, noto‘g‘ri manzil bo‘yicha uchib kelganini tushungan. Biroq xatoni to‘g‘rilashga kech bo‘lgan, chunki bu vaqtda samolyot belgilangan manzilga uchib ketayotgan bo‘lgan.
Shipper so‘ngra ortga qaytgan: avval Torontoga, u yerdan Amsterdamga. Gollandiyalikning antiqa sayohatidan xabar topgan Air Canada aviakompaniyasi unga kompensatsiya sifatida Avstraliyaning Sidneyiga bepul chipta taklif qilgan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025